Tanlov haqida

Summer Trading Challenge "Toshkent" Respublika fond birjasi tomonidan quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:

  1. Aholining investitsiya va moliyaviy savodxonligini oshirish
  2. Investorlarning e'tiborini O'zbekiston fond bozoriga yuqori o'sish potentsialiga ega bo'lgan moliya bozorining istiqbolli segmenti sifatida jalb etish
  3. Fond bozorini aholi o'rtasida yanada ommalashtirish
  4. Qimmatli qog'ozlar savdosi paytida investorlar uchun mavjud bo'lgan fond bozori imkoniyatlarini namoyish etish

Tanlov lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yin emas.

Tanlov qoidalari

Tanlov g'oliblari

“Toshkent” Respublika fond birjasi Summer Trading Challenge ning barcha ishtirokchilarini tanlovning muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabriklaydi


Sizga g'oliblar ro'yxatini taqdim etamiz!

🥇1-o‘rin: Sherzod Abdullaev

🥈2-o'rin: Shahzod1809

🥉3-o‘rin: MrNj


Eslatib o‘tamiz, ishtirokchilar quyidagi shartlarni bajarishlari kerak edi:

🔸 Ishtirok etishning butun davri davomida kamida 100 ta bitim tuzing;

🔸 Kamida 5 ta turli aksiyalar bilan savdolarni amalga oshiring.


💰 Shuningdek, tanlovning sovrin jamg'armasi 150 000 000 so'mni tashkil qilganini ham eslatib o'tamiz:

🔹 1-o‘rin: 75 000 000 so‘m

🔹 2-o‘rin: 45 000 000 so‘m

🔹 3-o‘rin: 30 000 000 so‘m


“Toshkent” RFB hamkorlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiradi. Tanlov texnologik hamkorimiz – Jett.uz hamda homiylar: Ipak Yo'li Banki, Hamkor Bank va Leader Finance Capital. ko'magida o'tkazildi.

Tanlovimizda ishtirok etgan barchaga katta rahmat!

Hurmat bilan,
"Toshkent" RFB AJ

Roʻyxatdan oʻtish

Tanlovda barcha investorlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirok etish uchun siz Jett servisida brokerlik hisobraqamini ochishingiz yoki mavjud hisobingizni qo'shishingiz va tanlovda ro'yxatdan o'tishingiz kerak.

Tanlovda ishtirok etish shartlari

  1. Roʻyxatdan oʻtish vaqtida balansingizda 500 000 soʻm mablag boʻlishi kerak
  2. Tanlov davomida ro'yxatdagi kamida 5 xil qimmatli qog'ozlar bilan savdo operatsiyalarini amalga oshirish
  3. Tanlov tugagunga qadar ro'yxatdagi qimmatli qog'ozlar bilan kamida 100 ta bitimni amalga oshirish ;

Likvid qimmatli qog'ozlar

Natijalarning sifatli bo'lishini ta'minlash maqsadida tashkiliy qo'mita birja listingidan yuqori likvidli aksiyalarni tanlab olib, faqat ushbu qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan bitimlarni reytingni shakllantirishda hisobga oladi.

Mukofotlar

Tanlov 2024 yil 30 sentabrga qadar o'tkaziladi. Tanlov yakunlangandan so'ng 5 kun ichida g'oliblar va taqdirlash marosimi sanasi aniqlanadi va e'lon qilinadi.
Tanlovning mukofot jamg'armasi - 150 mln so'm.

Yuqori rentabellik bilan faol savdo

Reytingni hisoblash formulasi: Ishtirok etish ballari aktsiyalarni ro‘yxat bo‘yicha sotib olishga sarflangan mablag‘ (40% ta’sir) va sarflangan mablag‘dan foizli daromad darajasi (60% ta’sir) asosida aniqlanadi.
Ballarni hisoblash uchun batafsilroq formulani ushbu havola orqali topish mumkin.

Tanlov qoidalari

Tashkilotchi

Tanlov "Toshkent" Respublika fond birjasi tomonida tashkil etilgan. "Toshkent" RFB faoliyatining maqsadi belgilangan qoidalar asosida ommaviy va oshkora birja savdolarini tashkil etish va o'tkazish orqali birja vositalari savdosi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish hisoblanadi.

Saytga o'tish

Texnologik hamkor

Tanlovning texnologik hamkori sifatida Jett investitsiya servisi tanlandi.
Jett servisi keng jamoatchilikka fond bozoridagi aksiyalar va obligatsiyalarga sarmoya kiritish imkoniyatini beradi, unda har bir foydalanuvchi qulay tarzda masofadan turib brokerlik hisobini ochishi, uni mablag' bilan to'ldirishi, fond bozorini tahlil qilishi, kerakli qimmatli qog'ozlarni tanlang, sotib olib, daromadlarni tahlil qilishi va mablag'larni osongina bank kartalariga chiqarib olishlari mumkin.
Jet servisi Multicard, Zoomrad va MyUztelecom ilovalarida mavjud.

Saytga o'tish

Homiylar

Tanlovning rasmiy homiylari "Leader Finance Capital", "Hamkorbank" va "Ipak yo'li bank" hisoblanadi.

"Leader Finance Capital" O'zbekiston bozoridagi eng yirik va tajribali investitsiya vositachilaridan biri bo'lib, mijozlar bazasi 100 mingdan ortiq investorga ega.

"Hamkorbank" yetakchi xususiy bank va fond bozorining faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. "Hamkorbank" aksiyalari "Toshkent" fond birjasidagi yuqori likvidli qimmatli qog'ozlardan biri hisoblanadi.

Ipak Yo'li Banki mamlakatimizda yuqori reytingga ega eng ishonchli banklaridan biri. Bank aksiyalari "Toshkent" Respublika fond birjasida muvaffaqiyatli savdoga qo’yilgan bo’lib, barqaror ko'rsatkichlarni namoyish etib kelmoqda va investorlarning ishonchiga sazovor bo'lmoqda

Musobaqa mukofot fondi

1-o‘rin uchun tanlovning bosh sovrini 75 000 000 so‘m
2-o‘rin uchun 45 000 000 so‘m
3-o‘rin uchun mukofot – 30 000 000 so‘m

Joriy TOP

{{toggleLabel}}
Reyting Nikneym Daromadlik Ballar Talablarga muvofiqlik
Server xatosi
{{ getQualifiedRank(index) }}
{{item.nickname}} {{item.revenue_perc}}% {{item.revenue_weighted}}

Ko'p so'raladigan savollar

Summer Trading Challenge nima?
Musobaqaning mukofot jamg'armasi qancha?
Musobaqa qachon boshlanadi va qachon tugaydi?
Musobaqada faqat professional ishtirokchilar qatnashishi mumkinmi?
Tanlovda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi bormi?
Musobaqa davomida qanday qoidalarga amal qilish kerak?
Sovrinlar qanday taqsimlanadi?
G‘oliblar qachon va qanday e’lon qilinadi?